Jizzaxda firibgarlikda ayblanayotgan 37 yoshli erkak qidirilmoqda
3-sahifa
−
20 fevral 2024 8268 1 daqiqa
37 yoshli Jo‘rabek Inomov bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidirilmoqda. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Inomov Jo‘rabek G‘ani o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), hamda 168-modda (Firibgarlik) larida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, yashiringan.
"Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan yoki jabrlangan fuqarolar +998976480007, +998975233075 hamda 102 raqamlariga xabar berishlarini so‘raymiz. Xabar bergan fuqaro rag‘batlantiriladi hamda uning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Baxti Tashkentskiy”ning akasi va yana ikki nafar shaxs qidiruvga berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr