Jizzaxda bo‘rini so‘ygan shaxs jarimaga tortildi
3-sahifa
−
13 fevral 2023
14234Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida fuqaro bo‘rini so‘ygani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi izoh berdi.
O‘rganishlar davomida ushbu holat Yangiobod tumani, Uchturg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.Z. tomonidan bundan ikki yil oldin sodir etilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, ya’ni 3 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
“Shuningdek, fuqaroga hayvonot dunyosi davlat tomonidan muhofaza etilishi to‘g‘risida tushuntirish olib borildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi