Jizzaxda bir guruh yigitlar ko‘chada janjallashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 17:45 da Sharof Rashidov tumani “Saraylik” MFYda sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan Z.F, uning 1991 yilda tug‘ilgan ukasi X.S hamda shu mahallada yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.R.lar o‘zaro janjallashishib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda Z.F “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ukasi X.S. va fuqaro M.R. birinchi tibbiy yordam olgan.

Hozirda holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi sartaroshxonalardan birida janjal kelib chiqqandi. Jamoat joyida bir guruh yigitlar tarafidan sodir etilgan janjal oqibatida bir kishining boshi yorilgan. Voqea joyiga tez yordam yetib kelib, bemorga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. 4 nafar fuqaro yengil darajadagi tan jarohati olgan. Hududga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari esa janjalda qatnashganlarni IIBga olib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Jizzax Ichki ishlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made