Jizzaxda ayiq ikki kishini o‘ldirdimi? Ekoqo‘mita izoh berdi
Jamiyat
−
23 avgust 2022
21068Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgani hamda jonivorning o‘zi ham ovchilar tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi holatga munosabat bildirib, tezkor o‘rganish o‘tkazilganini va xabarlar yolg‘on ekani aniqlanganini ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgan.
“Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan”, deyiladi Ekoqo‘mita xabarida.
Idora fuqarolardan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi