Xitoyda ayiq bog‘ xodimiga hujum qildi (video)

Bu qiziq

image

Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi mashhur Xanchjou safari parkida namoyish vaqtida qora ayiq kutilmaganda hayvon o‘rgatuvchisiga tashlandi. Voqea aks etgan tasvirlar internetda tez tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, sahnada ikki ayiq va ularni boshqarayotgan ikki xodim bo‘lgan. Namoyish tugaganidan so‘ng, ayiq to‘satdan o‘rgatuvchilardan biriga sakrab, uni yerga yiqitgan. Boshqa xodimlar stul va tayoqlardan foydalanib, hayvonni odamdan ajratib olishga harakat qilgan, ammo ayiq ajraganidan keyin yana hujum qilgan.

Park ma’muriyatining rasmiy bayonotida aytilishicha, hodisa chog‘ida hayvon o‘rgatuvchisi ham, ayiq ham jiddiy jarohat olmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rgatuvchi yonida mashg‘ulotlar davomida mukofot sifatida beriladigan sabzi va olmalarni olib yurgan. Ayiq ovqat hidini sezib, aynan shu mahsulotlarni olish maqsadida o‘rgatuvchiga hujum qilgan.

Hodisadan so‘ng, park ma’muriyati ayiqning namoyishdagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda hayvon o‘rgatuvchisi yo‘lbars hujumi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ayiq mashg'ulot hujum qildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing