Jizzaxda 600 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
30 iyun 2021 6550 1 daqiqa
Jizzax viloyatida Labo’da 600 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 may kuni, G‘allaorol tumani hududida joylashgan Sangzor yo‘l-patrul xizmati maskanida Ichki ishlar bo‘limi xodimlari Labo mashinasini to‘xtatishgan. Avtomashina tekshirilganda unda veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 600 kilogramm go‘sht olib ketilayotganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan ekspertiza tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan va istemolchilarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Avvalroq Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan 3 tonna yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolingani xaqida xabar bergan edik.
Sardor To‘lanboyev
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr