Buxorodan Toshkentga 3 tonna yaroqsiz go‘sht olib ketayotganlar to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatidan Toshkentga sotish maqsadida olib ketilayotgan 3 tonna sifatsiz go‘sht Navoiyda to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 iyun kunidan 5 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 00:25 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.

Natijada avtomobil yukxonasida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 160 kilogramm yirik shohli qoramol go‘shti, 200 dona yirik shohli qoramolning kallalari hamda 12 ta qopda 1,5 tonna bo‘lgan tovuq go‘shtlari jami 3 tonnaga yaqin mahsulotlarni olib ketayotgani aniqlangan. 

Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go‘sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tushuntirish ishlari olib borilgan. 

Shuningdek, joriy yilning 3 iyun kunidan 4 iyun kuniga o‘tar kechasi, soat taxminan 23:20 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan N.H. boshqaruvidagi Lacetti Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.

Natijada avtomobil yukxonasida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 105 kilogramm yirik shohli qoramol go‘shtini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Navoiy Buxoro Go'sht

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing