Jizzaxda homilador ayol sotuvchilar tomonidan kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 19 aprel kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahrida erkak va ayol sotuvchi homilador ayolni kaltaklagani haqida QALAMPIR.UZ'ga murojaat kelib tushgan edi. Mazkur holat yuzasidan ayolni urib, unga shikast yetkazganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 18 mart kuni Jizzax shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida sodir bo‘lgan. Q.S ismli shaxs Sh.N. bilan qarz masalasida nizoga borgan va uni urib, tan jarohati yetkazgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertizasi fuqaroga sog‘lig‘ining buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari yetkazilganini tasdiqlagan.

Tahririyatga yo‘llangan murojaatda jabrlanuvchi sotib olgan mahsuloti qimmat bo‘lgani sababli uni qaytarib berganida janjal kelib chiqqani, biroq sotuvchilarga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaganini aytgandi. Videodan ko‘rinib turibdiki, erkak homilador ayolni urib yerga yotqizgan, savdogar ayol uni “shvabra” bilan urib, sochidan tortgan.

IIB xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ayolni do‘pposlaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni ham Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 24 yoshli ayol eri va qaynonasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida 4 oylik homilasidan ayrilgani, janjalda uning 1,5 yoshli farzandi ham kaltaklangani bo‘yicha QALAMPIR.UZ'ga murojaat kelib tushgandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi esa holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB Jizzax shahri sotuvchilar homilador ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing