Homilador ayol uchinchi qavatdagi balkondan tushib ketib, halok bo‘ldi
Olam
−
03 avgust 7095 1 daqiqa
Bugun, 3 avgust kuni Turkiyaning Bursa viloyati Nilufar tumanida chet el fuqarosi bo‘lgan homilador ayol ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatidagi balkondan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “A Haber“ xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 00:30 atrofida Nilufar tumanining Uchevler mahallasidagi Durmush ko‘chasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli E.H. o‘zi yashayotgan uyning uchinchi qavatidagi balkondan tushib ketgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiya va tez yordam xodimlari ayolni tekshirib ko‘rgan va uning voqea joyida vafot etganini aniqlagan.
Hodisa vaqtida uyda bo‘lgan va giyohvandlikka qaram ekani aytilayotgan ayolning turmush o‘rtog‘i, 37 yoshli F.S. politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Voqea joyida o‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlaridan so‘ng marhumaning jasadi o‘lim sababini aniqlash uchun Bursa sud-tibbiyot muassasasi morgiga yuborilgan.
“Men seni kelinim sifatida emas, balki qizim deb yaxshi ko‘rgan edim. U mening ko‘chib yuruvchi qushim edi. U uzoq Sudan yurtlardan kelgandi”, degan marhumaning yaqinlaridan biri voqea joyida.
Bildirilishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida homilador ayol ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatidan yiqilib tushganiga qaramay, og‘ir jarohatlarsiz omon qolgandi. Shifokorlar ayolning homilasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Live
Barchasi