Jizzaxda ikki yuk mashinasi dahshatli YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Jizzax viloyatida ikkita yuk avtomobili ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 09:30 da Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida ro‘y bergan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi E.Q. boshqaruvidagi Faw rusumli hamda 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.E. boshqaruvidagi Howo A7 rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida ikki piyoda va haydovchining o‘zi ham vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing