Jismoniy tarbiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
16 may
4656Toshkent viloyati Chirchiq shahrida fuqaroni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 4 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro S.Z. fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining ikki tumani va Samarqand viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi