Jismoniy shaxslarga kirakashlik qilishga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga mamlakatda taksilar faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga to‘rt kishidan ortiq bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqli yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YATT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan bo‘lishi kerak.

Avtomobilni muayyan rangga bo‘yash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana yukxonaning yuza qismiga taksi belgilari tushiriladi.

Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.

Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat ko‘ratadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, o‘z maqomi to‘g‘risida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak bo‘ladi. Serverlari O‘zbekistonda joylashgan bo‘lishi kerak, soliq va boshqalar.

Yuridik shaxslar taksilari yo‘l yoqasidagi avtoturargohlar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar turar joylaridan bepul foydalanish huquqiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

taksi jismoniy shaxslar

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing