Jismoniy shaxslarga 50 million so‘mgacha qarz berilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan mikromoliyalashtirish sohasini tartibga soluvchi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini yanada qondirish uchun kredit tashkilotlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi kelib tushdi.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga doir qarorining ijrosini ta’minlash hamda mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 mln so‘mdan oshmaydigan summada pul mablag‘lari ajratish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga 50 mln so‘mdan oshmaydigan summada pul mablag‘lari hamda mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 mln so‘mdan oshmaydigan summada qarz berilishi nazarda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qarz qonun loyihasi

Baholaganlar

1442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing