Jismoniy shaxslar uchun ijaraning minimal stavkalari oshirildi

Jamiyat

photo2019-12-0817-47-14-760x500

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. 

Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Soliqlar pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat ko‘chmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi o‘zining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq byudjet bundan ziyon ko‘rmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12 foiz JSHDSni to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:

•  noturar joylar uchun – 15-25 foizga. Toshkent shahridagi noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan ko‘p o‘sdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming so‘m;

•  avtotransport vositalari uchun, o‘rtacha – 6 foizga.Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12 foiz stavka bo‘yicha JSHDS solinadi. 

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar uchun davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jismoniy shaxslar ijara

Baholaganlar

62

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing