Jismoniy shaxslar taksichilik qilishi mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
03 mart 2020
12230O‘zbekiston Prezidenti “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik.
Farmon bilan Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:
• yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshirish;
• jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritadi.
LiveBarchasi