Jirinovskiy SSSR nega parchalanganini aytdi
Olam
−
24 yanvar 2020
12491Sobiq Sovet Ittifoqida hukm surgan yakkapartiyaviylik mamlakatning qulashiga asosiy omillardan biri bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Liberal-demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘ppartiyaviylik Sovet Ittifoqining parchalanib ketishining oldini olgan bo‘lardi.
“Yakkapartiyaviylik SSSRni halok qildi. Agar kommunistlar o‘z vaqtida Kompariyatini ikkiga – konservativ va sotsial-demokratikka bo‘lishga rozi bo‘lganda hamda ularning orasida haqiqiy raqobat ketganda Sovet Ittifoqi mangu yashardi”, degan Jirinovskiy.
Jirinovskiy 1990 yilda Sovet ittifoqining Liberal-demokratik partiyasiga asos solgandi. Bu o‘sha vaqtda Kommunistik partiyaga birinchi muxolif partiya edi. Oradan bir yil o‘tib, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi deb qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
SSSR rasman 1991 yil 25 dekabrda qulagan. Mixail Gorbachev xalqqa murojaatida Prezident lavozimidagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi