Jirinovskiy Polshani ayblash taklifi bilan chiqdi

Olam

image

Rossiya liberallari yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Polshani Ikkinchi Jahon urushi boshlanishida asosiy aybdor deb atadi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Shuningdek, u Yozef Pilsudskiy boshchiligidagi Polshani o‘tgan asrning 30-yillarida Adolf Gitlerning birinchi ittifoqchilaridan biri bo‘lganini aytdi.

"Pilsudski-Gitler shartnomasi 1934 yilda imzolangan. 1938 yilda Myunxen shartnomasini imzolagan Fransiya va Buyuk Britaniya kabi Polsha Chexoslovakiyaning Sudet viloyati nemislari, Avstriyaning anshluslari tomonidan qo‘shib olinishi paytida jim qarab turgan. Bu holda, 1941 yilda Germaniya va SSSR o‘rtasida biron bir urush bo‘lishi mumkin emas edi", deb yozadi Jirinovskiy Telegram`dagi sahifasida.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, "Yevropa Gitlerni SSSRga qarshi tarbiyalagan va Polsha ham Gitlerga qarsak chalganlar qatorida bo‘lgan."

Avvalroq, kecha, 1 sentyabr kuni  Polshada Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga rasmiy Varshava  Rossiya delegatsiyasini chaqirmagani haqida xabar bergan edik. Polsha xotirlash marosimiga  NATO va Yevropa Ittifoqidagi hozirgi ittifoqchilarini, shu qatorda Germaniya hamda Sharqiy Hamkorlik davlatlarini taklif qilgan.
Polsha Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Shimon Shinkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu yil tadbir ishtirokchilari "zamonaviy mezonlar" bo‘yicha tanlandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat "tarixiy haqiqat ruhida" sodir bo‘layotgan voqealarni hurmat qilishni istaydi, go‘yoki Moskva uni qiziqtirmaydi.

Bunga javoban Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov har qanday mamlakatda Ulug‘ Vatan va Ikkinchi Jahon urushi yilligiga bag‘ishlangan, Rossiya ishtirokisiz o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni to‘liq deb bo‘lmaydi, deb aytdi. 
Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Polsha rasmiylarini ahmoqligi uchun tanqid qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jirinovskiy taklif

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing