Jim turganlarning boshiga Ukrainaning kuni tushadi. Bu imperializm – Makron dunyo davlatlarini ogohlantirdi
Olam
−
21 Sentabr 2022
15936Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Xavfsizlik kengashini yanada ko‘proq vakillik bo‘lishi uchun isloh qilishga chaqirdi. U bu haqda kecha, 20 sentyabr kuni Bosh Assambleyaning 77-sesssiyasidagi chiqishida gapirgan.
Fransiya rahbari BMT Xavfsizlik Kengashining ommaviy jinoyatlarga nisbatan veto qo‘yishini cheklashni taklif qildi. Shuningdek, BMT va xalqlar urush va tinchlik o‘rtasida tanlov qilishlari kerakligini aytdi.
“Joriy yilning 24 fevral kuni Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiya bizning jamoaviy xavfsizligimizga xavf soladigan bosqinchilik va anneksiya harakatlarini amalga oshirdi. Bu bilan BMT Nizomi va davlatlarning suveren tengligi tamoyilini ataylab buzdi”, deydi Fransiya prezidenti.
U Rossiya o‘z harakatlari bilan boshqa urushlar va anneksiya harakatlariga yo‘l ochganidan xavotir bildirdi.
Imperializm va mustamlakachilik davriga qaytish
Fransiya Prezidenti Ukrainadagi urush qancha uzoq davom etsa, uning Yevropa va butun dunyo uchun tahdidi shuncha kuchayishi haqida ogohlantirdi.
“24 fevraldan bugungi kungacha sodir bo‘layotgan voqealar imperializm va mustamlakachilik davriga qaytishdir. Fransiya bu yo‘ldan borishni rad etadi. Biz tinchlik uchun kurashamiz va shuning uchun bu pozitsiyani himoya qilgan holda, men Rossiya bilan muloqotdaman va buni davom ettiraman”, deydi Makron.
Tinchlik sari harakat qilish haqida gapirar ekan, muzokaralar Ukraina suvereniteti buzilmasa va bu davlat hududlari ozod etilsagina natija berishini aytdi.
“Ushbu minbardan men a’zo davlatlarni Rossiya urushdan voz kechishini ta’minlash uchun harakat qilishga chaqiraman. Biz Rossiyaga bu urush uchun u va barchamiz qancha badal to‘lashimiz kerakligini anglab yetishimiz kerak”, deydi Fransiya rahbari.
U dunyoda bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslikka va neytral pozitsiyani egallamaslikka chaqirdi, chunki tinchlik va hududiy yaxlitlik uchun kurash, uning fikricha, zamonaviy imperializmga, kuchlilar huquqi tamoyiliga qarshi kurashdir.
Rossiyaning harakatlariga nisbatan sukut saqlagan davlatlar, Makron ta’biri bilan aytganda, imperializmning sherigi bo‘lib, xalqaro huquqni buzadi. Ertaga Makron ogohlantirganidek, ertaga Ukrainaning kuni boshqa istalgan davlatning boshiga tushishi mumkin.
LiveBarchasi