Jiddiy sinovlardan oldin Kuperning holatini bugun bilib olamiz

Sport

image

28 maydan buyon o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan Ektor Kuper bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkent shahridagi “Milliy” stadionida Suriya terma jamoasini qabul qiladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in davomida hozirgacha ikki marta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Birinchisida safarda Turkiya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, ikkinchisida Toshkentda KXDR 4:0 hisobida mag‘lub etildi.

Bugungi bahsda ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Bugungi bahs Kuper shogirdlari uchun sentyabr oyida boshlanajak, Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati – 2022 musobaqasi uchun saralashlar oldidan oxirgi o‘yin bo‘lishi mumkin. 

Shu boisdan O‘zbekiston terma jamoasining saralshdagi imkoniyatlarini bugungi bahsda chamalab olish mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston – Suriya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi Suriya terma jamoasi JCh-2022

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing