Jiddiy sammitda jiddiy odamlar kuldirildi
Olam
−
16 may
7631Albaniyaning poytaxti Tiranada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining 6-sammiti davomida bir qancha davlatlarning davlat va hukumat rahbarlarining bolaligi aks etgan tasvirlar namoyish etildi va bu ularning kulgisiga sabab bo‘ldi. Yetakchilarning kulgi sahnasi ijtimoiy tarmoqlarda sizdirildi.
Sammit chog‘ida sun’iy intellekt liderlarni ularning ona tillarida o‘ziga xos uslubda gapirgan. Bu kutilmagan syurpriz zalda katta qiziqish uyg‘otgan va hatto davlat rahbarlarini ham kulishga majbur qilgan.
Ayni damda ushbu sammitga 47 ta davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Yevropa institutlarining rahbarlari tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun, Albaniyada o‘tayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida birinchi navbatda xavfsizlik muammolari, xususan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropa davlatlarining harbiy kuchlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, migratsiya va iste’dodli kadrlarning xorijga ketishini oldini olish muhokama qilinadi.
Iqtisodiy yo‘nalishda esa barqaror va ishonchli yetkazib berish zanjirlarini saqlab qolish, energetika infratuzilmasini mustahkamlash kabi masalalar muhim o‘rin tutadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 may kuni Albaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining oltinchi sammitida Germaniya kansleri Fridrix Mers, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, shuningdek, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi. Sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Kiyev bilan muzokaraga bormagani uchun Yevropa Moskvaga bosimni kuchaytirish masalasi ko‘tarilgan.
LiveBarchasi