Jiddadan Toshkentga qaytayotgan yo‘lovchining yuragi samolyotda to‘xtab qoldi
Olam
−
12:12 10849 1 daqiqa
Jiddadan Toshkentga uchgan 9S-3306 reysi bortda yuzaga kelgan shoshilinch tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Air Samarkand” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz vaqtida yoshi katta ayol yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Ekipajning havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.
“Bortkuzatuvchilar ekipaji qo‘nishgacha yo‘lovchiga imkon qadar barcha yordamni ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, yerda mahalliy shifokorlar reanimatsion tadbirlarni o‘tkazdi. Yo‘lovchining ahvolini barqarorlashtirishga erishildi, shundan keyin tibbiyot xodimlari uni davolanish uchun mahalliy klinikaga olib ketdi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, reys yonilg‘i quyib olgandan so‘ng parvozni Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan davom ettirgan va mahalliy vaqt bilan bugun, 15 dekabr kuni soat 9:49 da qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortdagi bosim sabab favqulodda qo‘ngandi.
Live
Barchasi