Jerar Deparde yana O‘zbekistonga keldi
Madaniyat-san’at
−
06 noyabr 2019 7601 1 daqiqa
Fransiyalik taniqli kino aktyori Jerar Deparde yana O‘zbekistonga keldi. Bugun, 6 noyabr kuni soat 14:00 da Islom sivilizatsiyasi markazida aktyor bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazilgan.
O‘tgan oy Fransiya poytaxti Parij shahrida Jerar Deparde va “O‘zbekkino” MA direktori Firdavs Abduxoliqov hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan edi. Unda O‘zbekistonda suratga olinishi kutilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostidagi hujjatli film haqida so‘z borgan.
Mazkur film 2020 yilning fevral-mart oylarida O‘zbekiston va Fransiyada namoyish etilishi kutilmoqda.
Shuni xotirlab o‘tish o‘rinliki, Jerar Deparde bundan 7 yil avval, 2012 yilning qish oylarida O‘zbekistonga kelgan edi. O‘shanda u O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – sobiq Fond Forum vasiylik kengashi raisi, ayni vaqtda bir qator jinoyatlari sabab hibsda saqlanayotgan Gulnora Karimovaning loyihalarida ishtirok etib, u bilan qo‘shiq kuylagan edi.