Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati Qalampir.uz saytiga ma’lum qildi.

Tashabbus Jerar Depardening o‘zidan chiqqan. U O‘zbekistonning turizm targ‘ibotini Fransiyadan tashqari, Yevropa davlatlarida ham olib borish niyatini bildirdi. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonning o‘n to‘rtta turizm elchisi faoliyat yurityapti. Shundan oltitasi shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Ular "Ipak yo‘lida turizm" yigirma beshinchi sayyohlik ko‘rgazmasi ochilishida qatnashishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Jerar Deparde O‘zbekiston haqidagi filmini suratga olish uchun Samarqandda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

turizm Jerar Depard'e

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing