Jennifer Lopezning davri o‘tdi: uning konserti chiptalari sotilmayapti
Madaniyat-san’at
−
04 may 2024 18606 1 daqiqa
Amerikalik 54 yoshli qo‘shiqchi, raqqosa va model Jenifer Lopezning konsertlari uchun aksariyat hollarda chiptalar sotilmay qolmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yaqinda xonanda chiptalar sotuvi pastligi sababli bir nechta shoularini bekor qilgan. Lopez yaqinda rebrending qilib, dastur nomini “This is Me... Now”ga o‘zgartirgan. U hatto o‘zining repertuaridagi eng yaxshi xitlarini dastur listiga qo‘shdi, ammo bu vaziyatni o‘zgartirmadi.
Shu sababdan Lopez maslahat so‘rab, chiptalarining sotuvi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallagan xonandalar – Madonna va Teylor Sviftga murojaat qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida ham Jennifer Lopez bir nechta gastrollarini izohsiz bekor qilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
Live
Barchasi