Madonna, Shakira va BTS mundial finalini “qizdirib” beradi
Sport
−
14 may 1998 2 daqiqa
Jahon estrada honandalari Madonna, Shakira va K-pop yulduzlari BTS joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi MetLife Stadium arenasida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati finalining tanaffus vaqtidagi shousida chiqish qiladi. Buni FIFA rasman tasdiqladi.
FIFA ma’lumotiga ko‘ra, shou dasturiga Coldplay guruhi solisti Kris Martin boshchilik qiladi. Bu futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali tarixidagi ilk halftime – tanaffusda namoyish etiladigan shou bo‘ladi.
“Bu Jahon chempionatidagi tarixiy lahza va dunyodagi eng katta sport tadbiriga munosib shou bo‘ladi”, deydi FIFA prezidenti Janni Infantino Instagram sahifasida.
Bu qaror 2024 yilgi Kopa Amerika finalidagi shouni eslatib yuboradi. O‘shanda kolumbiyalik yulduz Shakira Mayamidagi Hard Rock Stadium’da tanaffus vaqtida chiqish qilgan edi. O‘tgan yili MetLife Stadium o‘yingohida bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida ham jamoalar tanaffusda chiqqan vaqtida shou bo‘lib o‘tgan va tanaffus odatdagi 15 daqiqadan ancha uzoq davom etgan edi.
Bu katta shou FIFA’ning “Global Citizen Education Fund” loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha Jahon chempionati davomida butun dunyodagi bolalar uchun 100 million dollar yig‘ishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta 2010 yilgi mundialning gimni bo‘lgan qo‘shiq “Waka Waka”ni yaratgan xonanda Shakira o‘zining Instagram sahifasida “Dai Dai” nomli Braziliyadagi ko‘hna Marakana stadionida suratga olingan JCHning yangi rasmiy qo‘shig‘i videoroligini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi uchun eng qimmat chiptalar narxini uch baravar oshirganini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi