Jenisbek Piyazov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
14 aprel 2024 23427 1 daqiqa
Taniqli operachi Jenisbek Piyazov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan.
O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Burkitovich Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Piyazov o‘sha paytdagi Maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust