Jenisbek Piyazov og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
01 may 14753 1 daqiqa
Bugun, 1 may kuni O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning onasi Injigul Saburova 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban san’atkorning administratori ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Injigul Saburova Jumaboyevna O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi bo‘lib faoliyat yuritgan.

U 2020 yilda Prezident tomonidan II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2025 yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
Barchasi