Jenisbek Piyazov haydovchilarni qarmoqqa ilintirayotgan radarlar ishini qoraladi (video)
Jamiyat
−
12:27
6754O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov Toshkent viloyatida 15 daqiqa ichida 4 marotaba radarga tushdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida tanqidiy murojaat yo‘lladi.
Jenisbek Piyazov tomonidan yo‘llangan video murojaatda o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasida Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. – Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lida bitta mobil kompleksli multiradar orqali unga 4 marotaba jarima belgilangani aytib o‘tilgan.
U yo‘llagan videomurojaat 1,5 milliondan ortiq ko‘rishlarga ega bo‘ldi. Videoning izohlar bo‘limida ko‘pchilik tarmoq foydalanuvchilari holatga tanqidiy fikrlar bildirgan.
Jenisbek Piyazov jarimalarni to‘lashdan qochmasligini, biroq bunday tartibdagi jarimalarni to‘lash oddiy xalq uchun juda og‘ir ekanini aytgan.
“Mayli, men to‘layman. Lekin boshqa odamlar qanday to‘laydi, oylikka yashaydiganlar, shuni ham o‘ylanglar sizlar. Boshqalar dod deb yuborsa kerak. O‘zi qonun-qoida bormi sizlarda!?” degan u.
O‘zbekistonda haydovchilarning yo‘llarda o‘rnatilgan radarlar sonining ko‘pligi, ularning ortidan jarimalar miqdorining ko‘pligi borasida yo‘llayotgan murojaatlari tobora ortib bormoqda. Bunday holat holat kuniga necha minglab odamlarda kuzatilmoqda.
Biroq, bunday tizimlar yo‘l xavfsizligini oshirish va tezlikni nazorat qilish maqsadida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ba’zida ular faqat davlat byudjetini to‘ldirishga qaratilgan tarzda ishlashi mumkin, bu esa haydovchilarning noroziligiga olib keladi.
LiveBarchasi