JCHning 3-kunida 2 nafar o‘zbek bokschisi jang qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Mundialning ikkinchi kunida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi saralash jangida ishtirok etdi.

-86 kgda Shohjahon Abdullayev, - 63 kg vaznda Ruslan Abdullayev va  -80 kgda Jasurbek Yo‘ldoshev raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

JCHning 3-kunida 2 nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tariladi. -71 kgda Saidjamshid Jafarov mozambiklik Osorio Muxanga bilan, -60 kgda esa Mujibillo Tursunov Gambiya vakili Merri Kor bilan to‘qnash keladi. 

Jafarov ishtirokidagi jang soat 16:10 dan so‘ng boshlansa, Tursunovning bahsi 18:25 dan so‘ng start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Shohjahon Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing