JCHning 3-kunida 2 nafar o‘zbek bokschisi jang qiladi
Sport
−
03 may 2023
8015Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Mundialning ikkinchi kunida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi saralash jangida ishtirok etdi.
-86 kgda Shohjahon Abdullayev, - 63 kg vaznda Ruslan Abdullayev va -80 kgda Jasurbek Yo‘ldoshev raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
JCHning 3-kunida 2 nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tariladi. -71 kgda Saidjamshid Jafarov mozambiklik Osorio Muxanga bilan, -60 kgda esa Mujibillo Tursunov Gambiya vakili Merri Kor bilan to‘qnash keladi.
Jafarov ishtirokidagi jang soat 16:10 dan so‘ng boshlansa, Tursunovning bahsi 18:25 dan so‘ng start oladi.
LiveBarchasi