JCHda vafot etgan jurnalistning jasadi AQSHga olib borildi

Sport

image

9 dekabr kuni Dohada vafot etgan amerikalik jurnalist Grant Uolning jasadi AQSHga keltirildi. Bu haqda "Associated Press" nashri xabar berdi.

Jasad Nyu-York aeroportiga Toshkent vaqti bilan 18:30 da yetkazilgan.

10 dekabr kuni Uolning o‘limi haqida Milliy jamoat radiosi (NPR) muxbiri Rassel Lyuis o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi. Uol 48 yoshda edi. Jurnalist Argentina va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yinida Lusail shahridagi "Milliy" stadionning media platformasida hushidan ketib, darhol shifoxonaga olib borilgan va o‘sha joyda vafot etgan. Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi va AQSH Futbol federatsiyasi Uol oilasiga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq, qatarlik fotograf Xolid al-Misslom ham JCHni yoritish vaqtida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing