JCHda debyut qiladigan eng qimmat futbolchilar reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va Ispaniyaning “Real Madrid” klubi futbolchisi Vinisius Junior Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida debyutini nishonlaydigan eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Hozirda Vinisius Juniorning transfer bahosi 120 million yevroni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

“Barselona”ning kelajakdagi yorqin yulduzi bo‘lishi kutilayotgan Pedriga ikkinchi pog‘ona nasib qilgan. Ispaniya terma jamoasining a’zosiga 90 million yevrolik narx belgilangan.

Kuchli uchlikda “Borussiya Dortmund” futbolchisi Jud Bellingem ham joy olgan. Angliyalik futbolchi 90 million yevroga baholanmoqda.

“Transfermarkt” talqiniga ko‘ra, Jahon chempionatida debyut qiladigan eng qimmat 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Vinisius Junior (Braziliya – “Real Madrid”) – 120 million yevro;

2. Pedri (Ispaniya – “Barselona”) – 90 million yevro;

3. Jud Bellingem (Angliya – “Borussiya Dortmund”) – 90 million yevro;

4. Fil Foden (Angliya – “Manchester Siti”) – 90 million yevro;

5. Dushan Vlahovich (Serbiya – “Yuventus”) – 85 million yevro;

6. Jamal Musiala (Germaniya – “Bavariya”) –  80 million yevro;

7. Orelen Tchuameni (Fransiya – “Real Madrid”) – 80 million yevro;

8. Federiko Valverde (Urugvay – “Real Madrid”) – 80 million yevro;

9. Antoni (Braziliya – “Manchester Yunayted”) – 75 million yevro;

10. Rafael Leau (Portugaliya – “Milan”) – 70 million yevro.

Avvalroq, Qatardagi Jahon chempionatiga bormaydigan eng qimmat futbolchilarning narxi e’lon qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar-2022

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing