JCHda chorak finalga yo‘l olgan o‘zbek bokschilari soni 5 nafarga ko‘paydi
Sport
−
10 may 2023
9074Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining to‘qqizinchi kuni ortda qoldi. 9 may kungi dasturda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
Kunduzgi dasturda -51 kg da Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov azaliy raqibi kubalik Erislan Romero qarshi bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. -71 kg vaznda Saidjamshid Jafarovning puerto-rikolik raqibi ringga chiqmaganligi sababli, avtomatik tarzda chorak finalga yo‘l oldi.
Kechki dasturda -54 kg da Oybek Jo‘rayev albaniyalik Ariol Zeneliga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 5:0. -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Belarus vakili Kiril Samadurauni mutlaq ustunlik bilan mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik bokschilarning 9 may kunidagi ishtirokini -75 kg vaznda A’loxon Abdullayev yakunlab berdi. U serbiyalik Almir Memichdan 4:0 hisobida ustun keldi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
LiveBarchasi