JCH g‘oliblari ilk bor chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi
Sport
−
17 iyul 4133 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan milliy terma jamoa futbolchilari tarixda birinchi marta chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jami 2026 ta chempionlik uzugi tayyorlanadi. Shundan 30 tasi g‘olib jamoa futbolchilariga topshiriladi, qolgan 1996 tasi esa butun dunyo bo‘ylab muxlislar uchun sotuvga chiqariladi.
Shu tariqa, chempionlik uzuklarini topshirish an’anasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘oliblariga ham tatbiq etilmoqda. Shu paytga qadar bu an’ana uzoq yillardan beri Shimoliy Amerikaning yetakchi sport ligalarida keng qo‘llanib keladi.
2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi