JCH-2026 formati qachon tasdiqlanadi?

Sport

image

Joriy yilning 16 mart kuni FIFA  2026 yilgi Jahon chempionatining formatini tasdiqlaydi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelgusi mundialning formati Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressida tasdiqlanadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Dastlabki reja jamoalarni 3 tadan 16 ta guruhga bo‘lish edi. FIFA bu g‘oyadan voz kechib, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruhdan iborat formatni ma’qulladi. Jamoalar navbatdagi Jahon chempionatida jami 104 ta o‘yin o‘tkazadi. Turnir 39 kun davom etadi. 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi Jahon chempionati o‘tgan yili Qatarda o‘tkazildi. Qatar mundiali 32 ta terma jamoa ishtirok etgan so‘nggi chempionat sifatida tarixga muhrlandi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA JCh-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made