JCH-2023 Do‘smatov uchun havaskor boksdagi oxirgi chempionatmi?
Sport
−
06 may 2023
6113Ayni kunlarda Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 4-kunida Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov turnirdagi dastlabki jangini o‘tkazdi.
Do‘smatovning meksikalik Alberto Ximenesga qarshi jangidan so‘ng, uning murabbiyi To‘lqin Qilichev QALAMPIR.UZ muxbirining “Do‘smatov uchun bu havaskor boksdagi so‘nggi chempionatmi?” degan savoliga javob berdi.
“Buni Do‘smatovning o‘zi hal qiladi. Hozircha bu borada aniq bir nima deya olmayman. Menimcha, ushbu chempionat Do‘smatov uchun oxirgilaridan bo‘lishi kerak. Uning yoshi ham o‘tyapti. Asosiy maqsad — Olimpiada! Hozir u O‘zbekistonda eng kuchlisi bo‘lsa, nega uni Olimpiadaga olib bormaslik kerak”, deydi Qilichev.
Eslatib o‘tamiz, boks mundialining 4-kunida yana bir qator o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilib, O‘zbekiston jamoasining g‘alabali seriyasini davom ettirdi.