JCH-2022. Yaman - O‘zbekiston o‘yini O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Sport 6657
image

Avvalroq, Osiyo mintaqasida jahon chempionati 2-davra saralash bosqichi doirasida Yaman - O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida joriy yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv, koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Yaman - O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekistonga ko‘chirilishi  mumkin. 

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi bu borada Osiyo futbol konfederatsiyasiga rasmiy xat yuborishi kutilmoqda. Hozircha ushbu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q. 

Agarda Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘FAning murojaatiga ijobiy javob bersa, Yaman - O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin.

Jahongir Sotvoldiyev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 190
Reyting: 3
t
×