O‘FA prezidenti va vitse-prezidentlari qayta saylandi

Sport

image

Bugun, 29 yanvar kuni Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda assotsiatsiya prezidenti va vitse-prezidentlari o‘z lavozimiga qayta saylandi.

Kongress doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyatini tekshirishga oid auditorlik hisoboti tasdiqlandi. Shundan so‘ng assotsiatsiya prezidenti hamda vitse-prezidentlari lavozimlariga saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Odil Ahmedov esa vitse-prezident lavozimlariga yana bir bor ishonch bildirilgan holda qayta saylandi.

Tadbirning ikkinchi qismida 2025 yilning eng yaxshilarni aniqlash uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi”, Temur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Sadriddin Hasanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”, Nasibabonu Toshmuhammedova “Yilning eng yaxshi ayol hakami”, Ilgiz Tantashev “Yilning eng yaxshi hakami”, Diyora Habibullayeva “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Qurbonov O'FA Ravshan Ermatov Odil Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing