Radikal ğoyalar tarğibotida global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib boryapti – Bahodir Qurbonov
Jamiyat
−
14:28 824 2 daqiqa
2026 yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025 yilgi körsatkiçga nisbatan 14 foiz köp. Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi. Bu haqda bugun, 6 noyabr kuni DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotining oçilişidagi nutqida ma’lum qildi.
Bugun, 6 noyabr kuni Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlik muloqoti bölib ötmoqda. Tadbirni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov kiriş sözi bilan oçib berib, iştirokçilar e’tiborini terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş hamda amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratgan.
“Birgina 2026 yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025 yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foiz köpdir. Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi”, deydi xizmat raisi.
DXX rahbari 2021–2026 yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini ta’kidlagan. Özbekiston tomonidan olib borilayotgan işlarning natijalari xalqaro reytinglarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026 yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagani (minimal xavf toifasi) uşbu illatga qarşi kuraşişda milliy yondaşuvning samaradorligini namoyon etgan.
DXX rahbari öz nutqida raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça ustuvor yönalişlariga töxtalgan. Ular qatoridan raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, şuningdek, sun’iy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş örin olgan.
Ma’ruza yakunida uşbu muloqotni ötkaziş ğoyat dolzarb va zarur ekani qayd etilgan. Tadbir doirasida iştirokçilar xavfsizlikka joriy tahdid va xavf-xatarlar muhokama qiladi hamda xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yagona çora-tadbirlarni işlab çiqadi.
Live
Barchasi