JCH-2022 g‘oliblari Buenos-Ayresda kutib olindi (Video)
Sport
−
20 dekabr 2022 5612 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi bugun, 20 dekabr kuni mamlakat poytaxti Buenos-Ayresga yetib keldi. Poytaxt ko‘chalarini to‘ldirgan minglab muxlislar amaldagi jahon chempionlarini kutib oldi.
Qatardagi turnirda Argentina terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. JCH-2022 finalida Fransiya terma jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (3:3 qo‘shimcha vaqt 4:2 pen).
Buenos-Ayresda argentinalik futbolchilar chempionlik avtobusida shahar ko‘chalari aylandi. Prezident Alberto Fernandes odamlar futbolchilarni kutib olishlari uchun 20 dekabrni dam olish kuni deb e’lon qildi.
Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel