Jazoirning vaqtinchalik Prezidenti tayinlandi
Olam
−
10 aprel 2019
4412Joriy yilning 2 aprel kuni Jazoir Prezidenti Abdulaziz Buteflika o‘z lavozimidan iste’foga chiqqan edi.
Jazoir parlamenti ham Buteflikaning iste’fosini tasdiqlab, prezidentlik o‘rni bo‘shligini ma’lum qildi. “Al Arabiya” xabariga ko‘ra, shundan so‘ng mamlakat Millat kengashi rahbari Abdulqodir Bensallah Jazoirning vaqtinchalik Prezidenti deb e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat parlamenti yig‘ilishida Bensallahning Prezidentlikka tasdiqlanish jarayoni “An-Nahar” telekanali jonli efirida yoritilgan.
Qayd etish kerak, Mamlakat prezidentligiga saylovlar joriy yilning 18 aprel kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi