Jazoirda avtobus daryoga tushib ketdi. 18 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16 avgust 2025 2287 1 daqiqa
Kecha, 15 avgust kuni Jazoirning Xarash okrugida avtobus ko‘prikdan daryoga qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi jarohat oldi. Bu haqda TSA Algérie xabar berdi.
“Yo‘lovchi avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, Al-Muhammadiya hududida al-Xava al-Jamil tomonga qarab ketayotganida ko‘prikdan daryo o‘zaniga quladi. Oqibatda 18 kishi vafot etdi, to‘qqiz kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Fuqarolik mudofaasi ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlardan ikkisining ahvoli og‘ir bo‘lib, ular shifoxonaga yotqizilgan. YTH oqibatlarini bartaraf etish uchun jami 25 ta tez yordam mashinasi, 16 nafar suvosti qutqaruvchisi va to‘rt dona qayiq jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ezine tumani yaqinidagi avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi bilan og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.
Live
Barchasi