Javohir va Bibisora noyob futbolkalarda ko‘rinish berdi
Sport
−
15 iyul 16627 1 daqiqa
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bir-birining surati tushirilgan futbolkalarda ko‘rinish berdi. Bu haqda Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida qo‘shma suratlarni e’lon qildi.
Asaubayeva Javohir Sindarovning surati va “Mening sevimli grossmeysterim” degan yozuv tushirilgan futbolkani kiygan bo‘lsa, Sindorov esa Bibisoraning surati tushirilgan hamda “Yana bir “malika”ni qo‘lga kiritdim” degan yozuv bitilgan futbolkada suratga tushdi.
“Javohir uchun eng mashhur muxlislar izohlaridan biridan foydalandim”, deb yozdi Asaubayeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisora Asaubayeva Norvegiyadagi shaxmat turnirida g‘alaba qozonganidan so‘ng, u va Javohir Sindorov Monakoda bo‘lib o‘tgan “Formula-1” poygasini birgalikda tomosha qilgan edi. Keyinroq ular Parijdagi “Disneylend” bog‘iga ham birga tashrif buyurishdi.
Shundan so‘ng yosh grossmeysterlar Fransiya poytaxti Parijda ham birgalikda vaqt o‘tkazgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.
Live
Barchasi