Bibisora Asaubayeva 40 ming dollarlik turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
12:17 787 1 daqiqa
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva WR Women’s Chess Tour 2026 Yevropa bosqichi doirasidagi rapid turnirida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “World chess” xabar berdi.
Musobaqa Fransiyaning Sen-Trope shahrida bo‘lib o‘tdi. Finalda Asaubayeva ukrainalik Mariya Muzichukka qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qozog‘istonlik shaxmatchi g‘alabasidan so‘ng Instagram sahifasida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hammaga salom! Bugungi ish kunim tugadi. Men WR Chess Tour musobaqasining rapid qismida g‘olib bo‘ldim. Birinchi o‘yinda Pyotsni, ikkinchisida Batsyashvilini, uchinchisida esa Mariya Muzichukni mag‘lub etdim. Ertaga blits. Biroz charchadim, lekin o‘zimdan mamnunman. Bundan tashqari... poshnada 6 soat. Ha, tamom”, deydi Bibisara.
Shu tariqa, Asaubayeva rapid turniri chempionligini qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonlik shaxmatchi musobaqada ishtirokini davom ettirib, endi blits bo‘yicha chempionlik uchun ham kurashadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 40 ming dollarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, WR Women’s Chess Tour – turli mintaqalardagi bosqichlar va finaldan iborat ayollar shaxmat musobaqalari seriyasi bo‘lib, unda rapid va blits yo‘nalishlarida bahslar o‘tkaziladi.
Live
Barchasi