Parijda tört bosqinçi 3 daqiqada million yevrolik olmoslarni öğirlab ketdi

Olam

−

image

Fransiya poytaxti Parij şahridagi haşamatli zargarlik dökoniga tört nafar qurollangan şaxs bostirib kirib, qiymati 1 million yevrodan oşadigan olmos va taqinçoqlarni öğirladi. Atigi 2–3 daqiqa davom etgan bosqinçilikda Kalaşnikov rusumdagi avtomat ham işlatilgan, biroq öq uzilmagan. Bu haqda “Haberler“ xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Place Vendôme maydoni yaqinidagi Rue de la Paix köçasida joylaşgan De Beers zargarlik dökonida sodir bölgan.

Qora kiyim kiygan va yuziga niqob taqqan tört nafar bosqinçi dökon oldiga ikkita mototsiklda kelgan. Ulardan biri Kalaşnikov rusumdagi avtomat bilan taşqarida qolib, kuzatuvçilik qilgan. Qolgan uç nafari esa dökonga kirib, vitrinalardagi olmos va zargarlik buyumlarini olib ketgan.

Guvohlarning aytişiça, bosqinçilar mototsikllardan biri yordamida dökon eşigini buzib kirgan. Xodimlar qörquvdan yuqori qavatga yaşiringan. Hujumçilar 2–3 daqiqada öğirlikni amalga oşirib, mototsikllarda qoçib ketgan.

Bosqinçilik vaqtida qurollar namoyiş etilgan bölsa-da, öq uzilmagan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Guvohlardan biri voqeani “Xuddi filmdagi sahnaga öxşardi“, deb ta’riflagan.

Parij prokuraturasi hodisa yuzasidan uyuşgan jinoyatçilik doirasida qurolli bosqinçilik böyiça tergov boşlagan. Iş Parij sud politsiyasining uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimiga topşirilgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari qoçib ketgan tört nafar gumondorni qidirmoqda.

Ma’lumot uçun, bosqinçilik sodir bölgan Rue de la Paix köçasida Bulgari, Piaget va Harry Winston kabi maşhur zargarlik brendlarining dökonlari ham joylaşgan. Avvalroq, uşbu hududdagi ayrim dökonlar ham qurolli bosqinçiliklarga uçragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyaning Issuar şahrida noma’lum şaxslar Salvador Dali qalamiga mansub, vazni 150 kilogramm bölgan bronza kitob muqovasini öğirlab ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing