“Bolakay baxtli”. Bibisora va Javohir ertaknamo Parijga bordi
Sport
−
14 iyun 14516 1 daqiqa
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov va qozog‘istonlik grossmeyster Bibisora Asaubayeva birgalikda Parijning Disneylend ko‘ngilochar bog‘ida bo‘ldi. Bu haqda kecha, 13 iyun kuni Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida suratlar ulashdi.
“Bolakay baxtli. Sizning eng sevimli multfilmingiz qaysi edi? Meniki, chamasi, “Qirol sher” va “Ratatuy”, deb yozdi 22 yoshli shaxmatchi qiz.


Ushbu postga Sindorov munosabat bildirib, izoh qoldirdi: “Disney malikasi”.

Izohlarga qaraganda, muxlislarni eng ko‘p to‘lqinlantirgan narsa karuselning eng oxiridagi surat bo‘lgan – unda Javohir va Bibisora qasr fonida orqa tomonlari bilan aks etgan. Suratda juftlik bir-birini quchoqlab, qo‘llari bilan yurak shaklini ko‘rsatib turibdi.
Izohlarda tarmoq foydalanuvchilari Asaubayeva va Sindorovga baxt va professional muvaffaqiyat tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorov Bibisora Asaubayeva bilan “Formula 1” bo‘yicha Monako Gran-prisiga borgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi