Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi bo‘ldi
Sport
−
14 aprel 7094 1 daqiqa
Bugun, 14 aprel kuni Javohir Sindorov Kiprda o‘tkazilgan Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘alaba qozondi. Endi u jahon toji uchun o‘ynaydi.
Javohir Sindorov eng yaqin ta’qibchisi Anish Giri bilan durang o‘ynadi va jahon toji uchun o‘ynash imkoniyatini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.
Endi joriy yilning oxirlarida Sindorov amaldagi jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh bilan bellashadi.
Qayd etish joiz, Javohir Sindorov 13-turga qadar biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Bugungi durangdan so‘ng u ochkolarini 9,5 taga yetkazdi va Anish Giri bilan oradagi 2 ochkolik farqni saqlab qoldi. O‘zbekistonlik grossmeyster so‘nggi turda ertaga, 15 aprel kuni xitoylik Vey I bilan bahs olib boradi. Shundan so‘ng mukofot jamg‘armasi 700 ming dollar bo‘lgan turnir o‘z yakuniga yetadi.
Mazkur natijadan so‘ng Sindorov reytingda 2775,4 ochko jamg‘arib, dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga aylandi. Sindorovdan oldinda yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2780) o‘rin olgan. Shuningdek, Fabiano Karuana (2784,9), Hikaru Nakamura (2794,1) va Magnus Karlsen (2840) top uchlikni egallab turibdi.
Live
Barchasi