Jasur Umirovning qamoqdan chiqishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
39912Avvalroq, voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanib, keyinroq yolg‘on ko‘rsatma qurboni bo‘lgan xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti Jasur Umirovning qamoqdan chiqishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 8 iyun kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instansiyasining ajrimiga asosan Jasur Umirovga nisbatan chiqarilgan “ozodlikdan mahrum qilish” jazosi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda “ozodlikni cheklash” jazosiga o‘zgartirilgan.
Bunda jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining Umirovga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olingan. 9 iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, Jasur Umirov jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilindgan
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida xonanda Jasur Umirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Barcha voqealardan keyin xonandani tajovuzda ayblagan Shahzoda Mo‘minova QALAMPIR.UZ’ga intervyu berib, hammasi o‘zining roziligi bilan bo‘lgani, Jasur Umirov uni zo‘rlamaganini, xonandaga tuhmat qilganini tan oldi.
Intervyu e’lon qilinganidan uch haftadan ortiq vaqt o‘tsa hamki, unga yolg‘on guvohlik bergani yoki tuhmat uchun chora ko‘rilgani yo‘q.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega ushbu holatga ichki ishlar va prokuratura organlari o‘z munosabatini bildirib, adolatni tiklash uchun kerakli choralarni ko‘rmayapti?
LiveBarchasi