Jasur Umirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga yuborildi
Madaniyat-san’at
−
05 yanvar 2021
21932Avvalroq, xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ni nomusiga tekkani, unga nisbatan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2020 yilning 21 dekabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar bergan edik.
Ayni vaqtda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov hujjatlari sudga oshirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Ish bugun, 5 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga yuborilgan.
Tergov davomida ayblanuvchi Jasur Umirovning aybi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlanganligi bois u Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, shuningdek, fuqaro A.Z. va Ch.Q.lar Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi va boshqa moddalari bilan ayblangan. Bugun, 5 yanvar kuni tergovga oid barcha hujjatlar jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga yuborilgan
Xonanjda Jasur Umirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi shuni anglatadiki, Umirov nomusiga tekka deb gumon qilinayotgan qiz 18 yoshga to‘lmagan va u gumonlanuvchi buni bilgan.
LiveBarchasi