Jasur Umirov ishi. Qiz xonanda uni zo‘rlamaganini, uylanmoqchiligini aytmoqda
Jamiyat
−
08 may 2021
120841O‘tgan yilning oktyabr oyida xonanda Jasur Umirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Xonanda voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga tegishda ayblandi va 2020 yilning 21 dekabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi тайинланган. Ayni vaqtda Jasur Umirov o‘z jazo muddatini o‘tamoqda.
O‘tgan hafta QALAMPIR.UZ’ga Jasur Umirovning advokati murojaat qilib, Umirov nomusiga tekkani aytilgan va xonandaning ustidan huquq-tartibot organlariga ariza qoldirgan qiz intervyu berish istagida ekan, voqea aslida boshqacha bo‘lganini aytib bermoqchiligini ma’lum qildi. Biz esa QALAMPIR.UZ studiyasiga bir vaqtning o‘zida Jasur Umirov nomusiga tekkani aytilgan, bugun esa buni rad etayotgan Shahzoda Mo‘minova, uning xolasi va otasi, Umirovning advokatini taklif qilib, mikrofon tutdik. Ular shunday deydi:
Feruza Najmiddinova, jurnalist: — Siz birinchi marta holat yuzasidan ma’lumot berganingizda xonanda Jasur Umirov sizning nomusingizga tekkanini aytgansiz va keyinchalik ushbu so‘zlaringizga teskari tarzda o‘rtada bo‘lgan barcha ishlar sizning xohishingiz bilan bo‘lgani, hech qanday zo‘rlash bo‘lmaganini aytyapsiz. Siz bilan telefon orqali gaplashganimizda birinchi intervyuni bosim bosim ostida berganingizni aytdingiz. Bu bosim kim tomonidan bo‘ldi?
Shahzoda Mo‘minova: — Boshida o‘z xohishim bilan bo‘lganimni aytishga uydagilarimdan qo‘rqqanman. Shu sababli meni zo‘rladi deganman.
F.N.: — Balki sizga Jasur Umirov qamalgani sabab “arizangni qaytarib ol” qabilida yana bosimlar bo‘layotgandir?
Sh.M.: — Yo‘q, menga hozir hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q. O‘rtadagi barcha ishga men o‘z roziligim bilan bo‘lgan.
F.N.: — Voqeani boshidan aytib bera olasizmi?
Sh.M.: — 12 iyun kuni dugonam telefon qildi. U menga Jasur Umirov bilan tanishganini, meni ham tanishtirmoqchi ekanini aytdi. Birozdan keyin yana telefon qilishini, konferensiya aloqa orqali meni u bilan gaplashtirmoqchi ekanligini aytdi. Keyin biz gaplashdik. Jasur aka meni Kattaqo‘rg‘onga kelishimni, u yerda meni mehmon qilishini aytdi. Suhbat davomida Jasur akani raqamini olib, o‘zim telefon qildim va ertasi kuni borishimni aytdim. 13 iyun kuni dugonamga Kattaqo‘rg‘onga borayotganimni aytdim. Dugonam esa buni Jasur akaga aytmasligimni, unga syurpiriz qilishimizni aytdi. Men tushdan keyin soat 5:00 lar atrofida u yerga yetib bordim. Dugonam kutib oldi va meni opasini uyiga olib bordi. U yerdan Jasur aka meni olib ketdi va biz mashinada aylandik. Keyin ovqatlanish uchun Jasur Umirovni uyiga bordik. Ovqatlanib bo‘lganimizdan keyin Jasur aka “Senga gapim bor”, deb meni alohida xonaga olib kirdi. Keyin mendan “Qiz bolamisan yoki yo‘q”, deb so‘radi. Men qiz bola ekanligimni aytdim. Keyin u “Dugonang unday demadi-ku”, dedi. Shundan keyin menga birga bo‘lish taklifini, keyinchalik uylanishini aytdi. Men esa uylanaman degani uchun rozi bo‘ldim. Lekin keyin uylanmayman deb turib oldi. Chunki dugonam meni yaxshi qiz emas, deb aytgan ekan.
Kattaqo‘rg‘onda ikki kun qoldim. Uydagilarim esa meni dugonamni uyida deb o‘ylashgan. Keyin xolam va dadam meni uyga olib ketdi. Men uyga yetib borgan kunim bo‘lgan voqealarni aytib berdim. Qo‘rqqanim uchun o‘z xohishim bilan bo‘lganligimni ayta olmadim. Shu sabab ham zo‘rladi deganman. Keyin uydagilarim Ichki Ishlar xodimlariga xabar berishgan. Tergov payti Jasur aka hammadan kechirim so‘rab, menga uylanishini aytganidan keyin haqiqatni aytdim. Lekin o‘z xohishim bilan bo‘lganimni aytganimga sudyalarning birinchisi ham, ikkinchisi ham ishonmadi. Men Jasur akani chiqarilishini so‘rayman. U insonda ayb yo‘q. Jasur akani oilasi meni kelin sifatida qabul qilishga tayyor. Dadasi esa “Sen meni kelinim emas, qizimsan”, deydi.
Siyovush Rahmatov, Jasur Umirovning advokati:
— Jasur Umirovni aynan qaysi manzilda jazoni o‘tayotganini ayta olmayman. Ammo shuni aytishim mumkinki, u koloniyada jazoni o‘tayapti. U bilan qisqa muddatli uchrashuvda bo‘lganimda shuni aytdiki, Shahzoda Mo‘minova bilan o‘rtalaridagi ish ikki tomonning roziligi bilan bo‘lgan. Ammo, ikkala tomonning oila a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lganligi sababli mana shunday voqelar bo‘lgan. Jasur hali sud hukmi chiqmasdan Kun.uz tomonidan ommaga asossiz ma’lumotlar tarqatilgan va shundan keyin ushbu sayt bilan ham nizo kelib chiqqanligini aytib o‘tdi.
Bugunga kelib ikki oila shu to‘xtamga kelgan ekan, men bunga aralasha olmayman. Men o‘z ishim bilan shug‘ullangan holda Jasur Umirovni fikrlarini va tayinlangan jazo adolatli yoki adolatsiz bo‘lganligiga Jasur Umirovning munosabatini hisobga olib shikoyat ariza tayorladim. Shundan keyin ushbu ariza bilan Jasur Umirovni tanishtirganimda, u ham arizadagi barcha narsani ma’qulladi va imzoladi. Ushbu arizani ayni damda Oliy Sudga topshirganmiz. Birinchi sud Kattaqo‘rg‘onda bo‘lgan edi. Ikkinchisi esa apellyatsiya tartibida va keyingisi kassatsiya tartibida Oliy sudda ko‘rilishi kerak.
Holat yuzasidan har ikala oila kelishgan bo‘lsa, bu ularning ixtiyoridagi vaziyat. Bunga qonun ham hech qanday e’tiroz bildira olmaydi. Qonunchilik bo‘yicha yana bir narsani aytib o‘tmoqchimanki, bu holat biror shaxsning arizasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan jarayon. Hech kimning da’vosi bo‘lmagan taqdirda, bu ish tugatilishi kerak. Barcha sud jarayonlarida Shahzoda Mo‘minova o‘rtadagi yaqinlik ikki tomonning ixtiyoriga asosan bo‘lganini, hozir va keyinchalik ham ayblanuvchi Jasur Umirovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytmoqda.
Shu o‘rinda men ham nima uchun Shahzoda Mo‘minovaning bayonoti ikki xil bo‘layotganiga qiziqdim. Balki Jasur Umirovning oila a’zolari tomonidan o‘z farzandlarini jazodan ozod qilish maqsadida Shahzoda Mo‘minovaga qandaydir takliflar bo‘lganmikin, deb o‘yladim va jabrlanuvchiga ushbu savol bilan murojaat qildim. Ammo Shahzoda Mo‘minova bunday holat mavjud emasligini, da’vo arizasini o‘z xohishi bilan qaytarib olayotganini aytdi. Ular balki moddiy tomonlama yordam taklif qilishgandir deganimda ham “yo‘q”, deya javob berdi.
Men dastlabki tergovlarda qatnashmaganman. Ayni damda tergovning uchinchi bosqichida ishtirok etyapman. U paytda Jasur Umirov Shahzoda Mo‘minovaning qiz bola emasligi haqidagi gaplarni nima sababdan aytganini va bugun nima uchun uylanishga tayyorligidan xabarim yo‘q. Balki Jasur Umirov o‘sha paytda javobgarlikdan qochish uchun bu gaplarni aytgandir.
Shahzoda Mo‘minova barcha sud jarayonlarida hech qanday da’vosi yo‘qligini aytishiga qaramasdan sud shu holatni e’tiborga olmayapti va biz shuning uchun apellyatsiya tartibida sudga qayta murojat qildik. O‘z navbatida Shahzoda Mo‘minova ham sud hukmidan norozi.
Furqat Ro‘ziyev, Shahzoda Mo‘minovaning otasi:
— Qizim boshida mendan qo‘rqqanini uchun zo‘rlanganini aytgan. Jasur Umirov esa qilgan ishini tan olmagani uchun biz sudga murojaat qilishimizga to‘g‘ri kelgan. Hozir Jasur Umirov boshida tan olmayotgan qilmishini birdan tan olib, uylanish taklifini bildirib qolishini jazodan qochish uchun qilyapti deb o‘yladim. Jasur Umirov qamoqqa olinganda otasi bu yerda bo‘lmagan. U ota-onamga ma’lum qilmasdan o‘zim hal qilaman, deb o‘ylagan. Ammo, otasi barcha ishdan xabar topib O‘zbekistonga yetib kelganidan keyin, balki undan qo‘rqqandir, balki bunga otasi undagandir, birdan qizimga uylanishini aytdi.
Jasur bilan gaplashganimda u qizimga uylanishini, aybini yuvishini aytdi.
Qizim o‘qishda edi. Ikki kun uyga kelmadi. Telefon qilsak, dugonasinikida ekanligini aytdi. Keyin biz borib dugonasini uyidan olib keldik. Uyga kelib qizimni qistovga olganimizdan keyin bo‘lgan narsalarni aytib berdi. Keyin biz Jasurni uyiga bordik va bizni uning onasi kutib oldi. Bo‘lgan ishlarni aytsak, “Yo‘q, meni o‘g‘lim unday emas”, deb biz bilan qo‘pol muomalada bo‘ldi. Chunki Jasur qilgan ishlardan hali xabari bo‘lmagan. Yaxshilikcha hal qilaylik deganimda ko‘nmagan.
Vaqt o‘tganidan keyin biz ko‘rishdik, ularning qarindoshlari va mening yaqinlarim yig‘ilib, maslahat qilib, yoshlarni unashtirib qo‘yishga kelishdik.
X., Shahzoda Mo‘minovaning xolasi:
— Shahzoda intervyu berayotgan paytda juda ham tushkun holatda edi. U yoshlik qilib qo‘ygan. Chunki hali litsey o‘quvchisi. Jasur boshida qilgan ishini tan olmadi. Tan olgan paytda esa kech edi. Bu xatoni hamma tushunib yetdi.
Jasurni otasi Rossiyada ekan. O‘zbekistonga kelganidan keyin bizni mahallaga bordi, hammamiz bilan tanishdi. Keyin aytishdiki, “Biz kelin qilsak, shunday oilaning qizini kelin qilamiz, bundan ortig‘i kerak emas”, deyishdi. “Agar bizga ishonmasangiz Toshkentdagi uyni Shahzodaning nomiga o‘tkazib beramiz”, deb aytishdi. Biz esa hech narsa kerak emasligini, faqatgina Shahzoda baxtli bo‘lishini istayotganimizni aytdik.
Jasurning otasini xalqqa qilgan yaxshiliklarini eshitib u insonga nisbatan hurmatimiz oshdi. Aybini tan olgan inson dunyodagi eng yaxshi inson bo‘larkan. Shuning uchun Prezidentimizdan Jasurni kechirishini so‘rayman. Shahzoda Jasur bilan o‘rtasida bo‘lgan holatni ikkalasining ixtiyori bilan bo‘lganini aytganidan keyin Sud buni inobatga olib 5 yil qamoq jazosini berdi. Oldin 18 yil berishi kutilayotgan edi.
Tahririyat: Nafs, ortidan ishlatilgan yolg‘on, jahl ustida tashlangan navbatdagi noto‘g‘ri qadam ortidan shuncha muammolar kelib chiqdi. Avvalida qamatishga shoshganlar, endi olib chiqolmay halak. Ikki o‘rtada esa Jasur Umirovga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etganlarga allaqachon chora ko‘rildi. Ular uchun odamlar o‘yinchoqmi? Bugun zo‘rladi deydi, ertaga yo‘q. Bugun shu ishni qilmadim deydi, ertasiga bosh egib turadi. Xulosa sizdan!
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi. Oliy sudi Plenumining 2010 yil 29 oktyabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandida “...Kvalifikatsiya belgilari mavjud xolda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini jinoyat kodeksining 118-moddasining birinchi kismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatishi" nazarda tutilgan
LiveBarchasi